Synergo jamoasi Samarqand Marafoni 2026 da: sport, ziyorat va jamoaviy ruh

Asosiy ➤ Yangiliklar ➤ 11.11.2026

7–8-noyabr kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan "Samarqand Marafoni 2026" musobaqasida Synergo jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hamkasblarimiz marafonning 10 km va 21 km masofalarida yugurib, o'z kuch va irodalarini sinab ko'rdilar. Musobaqadan oldin esa jamoamiz Samarqandning muqaddas qadamjolari va tarixiy maskanlarini ziyorat qildi 

Synergo jamoasi Samarqand Marafoni 2026 da: sport, ziyorat va jamoaviy ruh

Sana: 2026-yil 7–8-noyabr, Samarqand shahri

 

Joriy yilning 7–8-noyabr kunlari Samarqandda bo'lib o'tgan "Samarqand Marafoni 2026" musobaqasida Synergo jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hamkasblarimiz marafonning 10 km va 21 km masofalarida yugurib, o'z kuch va irodalarini sinab ko'rdilar. Musobaqadan oldin esa jamoamiz Samarqandning muqaddas qadamjolari va tarixiy maskanlarini ziyorat qildi.

Nega aynan marafon?

Synergo uchun jamoa faqat umumiy ofis va umumiy loyihalardan iborat emas. Biz hamkasblarimiz o'rtasidagi o'zaro ishonch, qo'llab-quvvatlash va birdamlikni kompaniyaning eng katta kuchi deb bilamiz. Shu sababli ish stolidan tashqarida ham jamoa bo'lib maqsad sari intilishga imkon beradigan tadbirlarni qadrlaymiz.

Samarqand Marafonida qatnashishdan asosiy maqsadlarimiz quyidagilar edi:

  • Jamoa ruhini mustahkamlash. Bir yo'lda, bir maqsad bilan yugurish hamkasblarni bir-biriga yanada yaqinlashtiradi va ishdagi hamkorlikka ham ijobiy ta'sir qiladi.
  • Intizom va qat'iyatni kuchaytirish. Marafonga tayyorgarlik ko'rish va uni oxirigacha yetkazish sabr, iroda va rejali mehnat talab qiladi. Bu fazilatlar murakkab loyihalarda ham zarur.
  • O'zimizni sinab ko'rish. Har bir ishtirokchi uchun bu o'z imkoniyatlari chegarasini bilib olish va kechagi o'zidan o'tib ketish imkoniyati edi.
  • Samarqandni ziyorat qilish. Sharqning qadimiy durdonalaridan biri bo'lgan bu shaharning tarixi, me'morchiligi va ma'naviy muhiti bilan yaqindan tanishish.

Marafondan oldin: Samarqand qadamjolariga ziyorat

Musobaqa oldidan jamoamiz Samarqandning eng e'tiborli ziyoratgohlari va tarixiy maskanlariga bordi. Bu sayohat nafaqat tarixiy bilimlarimizni boyitdi, balki marafon oldidan ma'naviy quvvat va xotirjamlik ham bag'ishladi.

Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

 

Synergo jamoasi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida

 

Synergo jamoasi Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida

Ziyoratni hadis ilmining sultoni, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy maqbarasidan boshladik. Islom olamida "Al-Jome' as-sahih" asari bilan mashhur bo'lgan bu alloma yurtimizning faxri hisoblanadi. Muqaddas maskanda jamoamiz ulug' bobomiz ruhiga duolar bag'ishladi.

Registon maydoni

 

Synergo jamoasi Registon maydonida

Samarqandning timsoli bo'lgan Registon maydoni jamoamizda eng ko'p taassurot qoldirgan joylardan biri bo'ldi. Ulug'bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat bu me'moriy majmua asrlar davomida Markaziy Osiyo ilm-fani va madaniyatining markazi bo'lib kelgan. Noyob naqshlar, firuza gumbazlar va ulkan peshtoqlar har bir tashrif buyuruvchini hayratga soladi.

Shohizinda yodgorlik majmuasi

 

Synergo jamoasi Shohizinda maqbaralari majmuasida

Keyingi manzilimiz Shohizinda maqbaralari majmuasi bo'ldi. Tor ko'cha bo'ylab saf tortgan maqbaralar, nafis kashinkor naqshlar va ko'k rangli gumbazlar o'rta asr me'morchiligining noyob namunasi sanaladi. Bu yerda ham jamoamiz ziyorat qilib, tarixiy meroslsrimizni tomosha qilishdi.

1-Prezidentimiz Islom Karimovni xotirlab

Ziyorat yurtimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga olish va qabrini ziyorat qilish bilan yakunlandi. Jamoamiz a'zolari ulug' inson ruhiga duoi fotiha bag'ishlab, hurmat bajo keltirdilar.

 

Marafon kunlari: yuzlab ishtirokchilar bilan bir safda

Marafon kunlarida Samarqand haqiqiy sport bayramiga aylandi. Turli hududlardan kelgan ishtirokchilar bilan bir qatorda Synergo jamoasi ham start chizig'iga chiqdi. Hamkasblarimiz marafonning 10 km va 21 km masofalarida yugurishdi.

Yo'l bo'ylab tomoshabinlarning olqishlari, tashkilotchilarning e'tibori va shaharning betakror muhiti yugurish jarayonini yanada ma'noli qildi. Har bir ishtirokchi uchun eng muhimi o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishish va jamoadoshlarini qo'llab-quvvatlash edi. Hamkasblarimiz belgilangan masofalarni muvaffaqiyatli bosib o'tib, marafonni g'urur bilan yakunladilar.

 

Synergo jamoasi Samarqand Marafoni 2026 da

Sport — Synergo qadriyatlaridan biri

Sog'lom turmush tarzi, o'z ustida ishlash va jamoaviy hamkorlik Synergo qadriyatlarining ajralmas qismi. Biz murakkab muhandislik yechimlarini taklif etishda qanday izchillik, aniqlik va jamoaviy ishga tayansak, marafon masofasida ham xuddi shu fazilatlar zarur bo'ladi: to'g'ri reja, sabr va bir-biriga ishonch.

Samarqand Marafoni 2026 jamoamiz uchun nafaqat sport sinovi, balki o'zaro birdamlikni his etish, tarixiy merosimizga nazar solish va yangi kuch to'plash uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi.

Marafonda ishtirok etgan barcha hamkasblarimizni chin dildan tabriklaymiz! Sizning irodangiz, mehnatingiz va jamoaviy ruhingiz biz uchun ibrat. Kelgusida ham shunday tadbirlarda faol qatnashishni davom ettiramiz.

Synergo — birgalikda yangi marralar sari!

Biz siz bilan hamkorlik qilishdan xursand bo'lamiz

Kontaktlar

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 10-uy